“2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun koʻrib chiqildi
Joriy yilning 10-dekabr kuni boʻlib oʻtgan Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi hamda Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi ning qoʻshma majlisida “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni koʻrib chiqildi.
Unda senatorlar, mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari raislari, ekspertlar, qonun tashabbuskorlari, manfaatdor vazirlik va idoralar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Taʼkidlanganidek, kelgusi yilda konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari 515,8 trln soʻm, xarajatlar 567,6 trln soʻm etib belgilanmoqda. Taqchillik esa YIMga nisbatan 3 foizdan oshmasligi nazarda tutilmoqda.
2026-yilda Davlat byudjeti xarajatlari 402,6 trln soʻmni, daromadlari esa 368,9 trln soʻmni tashkil etishi rejalashtirilmoqda. Davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadlari esa 78,6 trln soʻm, xarajatlari 74,4 trln soʻm (byudjetlararo transfertlar hisobga olinmagan holda) miqdorida belgilanmoqda.
2026-yilda Davlat byudjetida sud-huquq faoliyati va korrupsiyaning oldini olish uchun 5,7 trln soʻm nazarda tutilmoqda.
Muhokama jarayonida 2026-yilda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan muhim preventiv mexanizmlarning yanada takomillashuvi, davlat boshqaruvida byurokratiyani kamaytirish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini yaxshilashga, raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish borasida koʻzda tutilgan mablagʻlar va ularning natijadorligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻz navbatida, 2026-yilda birinchi darajali byudjet mablagʻlari taqsimlovchilarga ajratilgan mablagʻlarning miqdori, xarajat yoʻnalishlari va byudjetdan ajratilgan transfertlar sarflanishining samaradorligi, natijadorligi va maqsadliligiga erishish boʻyicha taklif va tavsiyalar berildi.
Muhokama yakunida qoʻmitalarning qoʻshma qarori qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring