2026, 2027 va 2028-yilgi U-17 Osiyo kubogiga qaysi mamlakat mezbonlik qilishi maʼlum boʻldi

17:28 04 May 2025 Sport
227 0

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Musobaqalar tashkil etish qoʻmitasining Jidda shahrida oʻtkazilgan yigʻilishida 2026, 2027 va 2028-yilgi U-17 Osiyo kubogiga Saudiya Arabistoni mezbonlik qilishi maʼlum qilindi. Bu haqida Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi xabar berdi.

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi saytida maʼlumot berilishicha, oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi mezbonligi uchun Saudiya Arabistonidan tashqari Xitoy va Iroq mamlakatlari ham daʼvogarlik qilgan.

Maʼlumot uchun, 2025-yilning aprel oyida oʻtkazilgan U-17 Osiyo kubogi bahslariga ham aynan Saudiya Arabistoni mezbonlik qilgandi. Ushbu turnirda Oʻzbekiston o'smirlar terma jamoasi musobaqa davomida biror marta magʻlubiyatga uchramagan holda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер