2025-yilgi Davlat byudjeti parametrlari va yangi vakolatlar yuzasidan seminar oʻtkazildi

Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
2025-yil 27-fevral kuni Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi bilan hamkorlikda mahalliy Kengashlarning Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari uchun seminar tashkil etdi.
Seminarda 2025-yilgi Davlat byudjeti taqsimoti, ijtimoiy himoya va mahalliy byudjetlar vakolatlari boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Taʼkidlanishicha, Davlat rahbari tomonidan yalpi ichki mahsulot hajmini 2030-yilga borib 200 mlrd dollarga olib chiqish vazifasi belgilab berilgan. Buni amalga oshirishda mahalliy Kengashlarning faol ishtiroki muhim ahamiyatga ega.
Seminarda “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonundagi yangi normalarga izoh berildi. Xususan, davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy etilgan hududlarda mahalliy byudjetlarning zaxira jamgʻarmalari avvalgi yildagi hajmdan kam boʻlmagan miqdorda shakllantirilishi belgilangan.
Shuningdek, joriy yildan boshlab mahalliy Kengashlarga yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy soliq stavkalarini belgilash, suv soligʻi stavkalariga koeffitsiyent qoʻllash va mahalliy byudjetlar daromadlari tarkibini kengaytirish vakolatlari berilgani taʼkidlandi.
Seminar soʻngida mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari faoliyatini samarali tashkil etish va byudjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanish boʻyicha zarur tavsiyalar berildi.
Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring