2025-yilda ham darsliklar ijarasi uchun toʻlov olinmaydi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi kelasi yili maktab darsliklari va mashq daftarlari ijarasi uchun ota-onalardan toʻlov undirish rejasidan voz kechdi. Shu tariqa, 2025-yilda maktab darsliklari va mashq daftarlari ijarasi uchun ota-onalardan toʻlov undirilmaydi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlum qildi.
Avvalroq, byudjetnoma loyihasida 2025–2026 oʻquv yilidan boshlab 2–11-sinflarda darslik va mashq daftarlari uchun ijara toʻlovi undirish tizimini joriy etish taklif etilgandi.
“Darsliklar va mashq daftarlarining toʻliq davlat byudjeti hisobidan chop etilishi ota-onalar masʼuliyati pasayib ketishi va darsliklarga nisbatan eʼtiborsiz munosabatda boʻlish holatlarini keltirib chiqarmoqda”, – deya bu taklifni izohlagandi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.
Qayd etilishicha, 2024-yilda maktab oʻquvchilari uchun 83,2 mln nusxa darslik va mashq daftarlarini yetkazib berish uchun Davlat byudjetidan jami 1,5 trln soʻm ajratilgan. Bu mablagʻlardan 435,5 mlrd soʻmi (yoki 36 foizi) davriyligi 1-yil hisoblanadigan hamda har yili yangidan chop etiladigan mashq daftarlari uchun yoʻnaltirilgan.
2025-yilda esa 81 mln nusxa darsliklar va mashq daftarlari uchun jami 1,3 trln soʻm mablagʻlarni toʻliq Davlat byudjetidan qoplash koʻzda tutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, maktab taʼlimi tizimida 2022-yildan beri darsliklar uchun ijara puli olinmayapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring