2025-yilda asosiy kapitalga investitsiyalar 591,1 trillion soʻmga yetdi

16:23 26 Yanvar 2026 Iqtisodiyot
395 0

Iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun 2025-yil yanvar dekabr oylarida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 591,1 trln soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Unga koʻra, mazkur davrda jami yangi asosiy fondlarni yaratishga qaratilgan asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar 33,5 mlrd AQSH dollari yoki 422,1 trln soʻmni tashkil etgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar quyidagicha:

  • Ishlab chiqarish sanoati – 33,2 foiz;
  • Elektr, gaz bilan taʼminlash – 17,1 foiz;
  • Togʻ-kon sanoati – 11,9 foiz;
  • Qishloq xoʻjaligi – 9,2 foiz;
  • Qurilish – 6,1 foiz;
  • Tashish va saqlash – 5,3 foiz;
  • Suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya – 2,1 foiz;
  • Axborot va aloqa – 1,5 foiz;
  • Sogʻliqni saqlash – 1,7 foiz;
  • Boshqa faoliyat turlari – 11,9 foiz.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2024-yilga nisbatan 10,5 foizga oshgan.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?