2025-yilda 2,5 milliard kVt soat elektr energiyasini iqtisod qilish maqsad qilindi
Prezidentning tegishli qaroriga asosan hududlarda isteʼmolchilarni muqobil energiya resurslaridan foydalanishga oʻtkazish hamda energiya tejovchi texnologiyalarni oʻrnatish orqali 2,5 milliard kVt soat elektr energiyasini va 1,1 milliard metr kub tabiiy gazni iqtisod qilishga erishish maqsad qilindi.
Bunga isteʼmolchilar tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan foydalanish hamda qoʻshimcha 74 mingdan ortiq obyektda jami quvvati 785 MVt boʻlgan quyosh panellarini va 9 mingdan ortiq 1,2 mln litrli quyosh kollektorlarini oʻrnatish hisobiga 1,6 milliard kVt soat elektr energiyasini tejash, aholisi ijtimoiy jihatdan ogʻir ahvolda boʻlgan 300 ta mahallada quvvati 100 MVtdan ortiq kichik quvvatli fotoelektr stansiyalarini barpo etish hisobiga 45 million metr kub tabiiy gazni iqtisod qilish orqali erishiladi.
Bundan tashqari, byudjet tashkilotlarida energiya tejamkor uskunalardan foydalanishni kengaytirish hisobiga 39 million metr kub tabiiy gazni tejab qolish ham koʻzda tutilgan.
Shu bilan birga, 2025-yil 1-maygacha Energetika vaziriligi huzuridagi byudjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasining “Yashil imtiyoz” axborot tizimi hamkor tijorat banklarining tegishli axborot dasturlari bilan integratsiya qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring