2024/2025-yilgi mavsum “Real Madrid” uchun eng ogʻiri boʻldimi?

Foto: AP
Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatidan soʻng “Real Madrid” oʻz futbolchilariga uch haftalik taʼtil eʼlon qildi. Jamoa yangi mavsumga tayyorgarlikni 4-avgustdan boshlaydi.
Turli manbalarda “Qirollik klubi” oʻtgan futbol yili oʻz tarixidagi eng qiyin mavsumni oʻtkazgani aytilmoqda. Haqiqatdan shundaymi? Keling, hammasini bir boshidan koʻrib chiqamiz.
2024/2025-yilgi mavsum “qaymoqranglilar” UYEFA Superkubogida ishtirok etishlari sababli, rasmiy oʻyinlarni oldinroq boshladi. Yaʼni “Real Madrid” birinchi uchrashuvni 15-avgustda Italiyaning “Atalanta” klubiga qarshi oʻtkazdi. Toʻrt kundan soʻng esa Ispaniya chempionati — La liga boshlandi.
Umumiy hisobda “Real Madrid” uchun 2024/2025-yilgi mavsum 325 kun davom etdi. Bu muddat ichida jamoa quyidagi 7 ta musobaqada ishtirok etdi: UYEFA Superkubogi, Ispaniya La ligasi, Ispaniya Qirol kubogi, Ispaniya Superkubogi, UYEFA chempionlar ligasi, Interkontinental kubogi, Klublar oʻrtasida jahon chempionati.
Klub oʻtgan mavsum barcha musobaqalarda 68 ta oʻyinda maydonga tushdi. Bu “Real Madrid” har 4.5 kunda bitta rasmiy oʻyin oʻtkazganini bildiradi.
Yevropalik sport tibbiyoti mutaxassislarining tadqiqotlarini yorituvchi “British Journal of Sports Medicine” manbasiga koʻra, futbolchilarning qayta tiklanishi uchun futbol uchrashuvlarining oʻrtasidagi farq 5-7 kunni tashkil etishi kerak. Bundan koʻrinib turibdiki, madridliklar bilan boʻlgan holat tibbiy jihatdan oʻzini oqlamaydi. Ayni omil ham jamoada jarohatlar koʻpayib ketishiga ham sabab boʻlgan.
“Diario AS”ning yozishicha, aynan shu sabab “Real Madrid” futbolchilari oʻtgan mavsum 51-marta jarohat olishgan. Bu ham Ispaniya matbuotida turli eʼtirozlarga ham sabab boʻldi.
Oʻz navbatida, klub rahbariyati ham Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati musobaqasi oldida ogʻir mavsum oʻtkazgan futbolchilarning holatini toʻgʻri baholadi va ularga qoʻshimcha motivatsiya berish maqsadida mukofot puli berishni eʼlon qildi.
“Marca” nashri maʼlumotiga koʻra, Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatidan soʻng har bir futbolchiga 280 ming yevrodan mukofot puli berilgan. Manba jamoa chempion boʻlganida bu summa bir million yevroni tashkil etishi mumkinligi haqida yozdi. “Qirollik klubi” esa turnirni yarim finalda tark etdi.
Umumiy hisobda “Real Madrid” uchun ikki mavsum orasidagi farq 40 kunni tashkil etmoqda. Ammo futbolchilarga dam olish uchun berilgan vaqt 24 kun. Aynan shulardan kelib chiqqan holda 123-yillik tarixga ega klub oʻz faoliyatidagi eng ogʻir mavsumini oʻtkazgani aytilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring