2024-yilgi Olimpiyada sovrindorlari uchun pul mukofotlari belgilandi

12:30 15 Fevral 2022 Sport
900 0

“Oʻzbekiston sportchilarining navbatdagi yozgi va qishki Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–127, 14.02.2022-y.) imzolandi.

Qarorga koʻra, 2024-yil Parij shahrida boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:

— oltin medal uchun – 200 000 AQSH dollari;

— kumush medal uchun – 100 000 AQSH dollari;

— bronza medal uchun – 50 000 AQSH dollari.

Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik jarayonida respublikada oʻtkazilayotgan sport musobaqalari, oʻquv-mashgʻulotlar yigʻinlarida olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha terma jamoa aʼzolarining ishtirokini taʼminlash uchun viloyatlararo yoʻnalishlar boʻyicha (temir yoʻl va aviachipta) transport xarajatlariga 2022-yil 1-martdan 2024-yil 1-sentyabrgacha chegirmalar joriy etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?