2023-yilning eng yaxshi futbolchisi eʼlon qilindi
Illyustrativ foto
“Manchester Siti” va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland “FourFourTwo” talqini boʻyicha 2023-yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Buyuk Britaniya jurnali oʻtgan yilning eng yaxshi 100 nafar futbolchisi roʻyxatini tuzdi. Reytingda Xoland birinchi oʻrinni band etdi.
Eʼtiborli jihati, Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu hatto kuchli 100 talikka ham kiritilmagan.
Reytingda kuchli oʻnlikdan qoʻyidagi futbolchilar ketma-ketlikda joy oldi: Jud Bellingem (“Real Madrid”), Xarri Keyn (“Bavariya”), Kilian Mbappe (“PSJ”), Rodri (“Manchester Siti”), Lionel Messi (“Inter Mayami”), Bernardu Silva (“Manchester Siti”), Muhammad Saloh (“Liverpul”), Antuan Grizmann (“Atletiko Madrid”), Vinitsius Junior (“Real Madrid”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring