2023-yilda ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish uchun qoʻshimcha dam olish kunlari belgilandi
Foto: Arxiv surat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra, 2023-yilda qoʻshimcha dam olish kunlari belgilandi. Maqsad fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida toʻliq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish uchun dam olish va bayram kunlaridan samarali foydalanishni taʼminlashdir.
Farmonga koʻra, keyingi yilda quyidagi kunlar dam olish kunlari hisoblanadi:
— barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qatʼi nazar): 2-yanvar – dushanba, 30-iyun – juma;
— olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3-yanvar – seshanba, 20-mart – dushanba, 22-mart – chorshanba, 24-aprel – dushanba, 1-iyul – shanba, 2-sentyabr – shanba, 30-dekabr – shanba.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktyabrdagi 798-son Qonuni bilan tasdiqlangan Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi 1-oktyabr (“Oʻqituvchi va murabbiylar kuni”) 2023-yilda yakshanba – dam olish kuniga toʻgʻri kelganligi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2023-yil 2-oktyabr – dushanba kuniga koʻchiriladi. Bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat koʻrsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari toʻxtatib qoʻyish mumkin boʻlmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari koʻchirilmaydi.
2023-yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda koʻchiriladi:
7-yanvar – shanba kunidan 3-yanvar – seshanba kuniga;
11-mart – shanba kunidan 20-mart – dushanba kuniga;
25-mart – shanba kunidan 22-mart – chorshanba kuniga;
29-aprel – shanba kunidan 24-aprel – dushanba kuniga.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring