2021-yilda Samarqand viloyatida 30 ming tonna baliq yetishtirish rejalashtirilgan
Bugungi kunda Samarqand viloyatida jami 448 ta baliqchilik xoʻjaliklari faoliyat yuritmoqda. Shundan 443 ta xoʻjalik 1957 gektar sunʼiy suv havzalarida va 5 ta ijarachi korxonalar 7987 gektar tabiiy suv havzalarida ish olib boradi.
2020-yilda viloyatda 20 ming tonna baliq yetishtirildi. Shuningdek, oʻtgan yil davomida umumiy qiymati 45,4 milliard soʻm boʻlgan 29 ta yangi baliqchilik loyihalari amalga oshirildi. Jumladan, 66 gektar maydonda quvvati 305 tonna boʻlgan ekstensiv suv havzalari barpo etildi, 14,2 gektar maydonda quvvati 1430 tonnaga teng intensiv suv havzalari barpo etildi. Shuningdek, quvvati 100 tonna boʻlgan 1 dona yopiq suv aylanma tizimi moslamasi ishga tushirildi.
2021-yilda Samarqand viloyatida baliq yetishtirish hajmini 30 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Kattaqoʻrgʻon tumanining Koʻkcha qishlogʻi hududida joylashgan «Kattaqoʻrgʻon jayhuni» fermer xoʻjaligi 2009-yilda tashkil etilgan boʻlib, 40 gektar sunʼiy, 1300 gektar tabiiy suv havzasida baliq yetishtirib kelmoqda. Bu yerda asosan, sazan, oq amur, oq va qora doʻngpeshona, karas hamda usach baliqlari boqiladi.
— Baliqchilik klaster xoʻjaligimizda quvvati 50 million dona boʻlgan baliq lichinkalarini ishlab chiqaruvchi inkubatsiya sexini ishga tushirdik, — deydi xoʻjalik rahbari Sobir Yoʻldoshev. - 25 gektar maydonda baliq chavoqlari yetishtiriluvchi reproduktor havza, 50 tonna quvvatli baliqni qayta ishlovchi file sexi, 200 tonna quvvatli baliq va baliq mahsulotlari saqlanadigan muzlatkich hamda 500 tonna quvvatda baliq ozuqasini ishlab chiqaruvchi korxonamiz mavjud.
Mazkur baliqchilik xoʻjaligida mavsumiy 18, doimiy 8 nafar ishchi ishlaydi. Xoʻjalik tomonidan 2020-yilda 1,8 tonna baliq yetishtirildi. Xoʻjalikni rivojlantirish uchun 151 million soʻm subsidiya ajratildi.
Past Dargʻom tumanida joylashgan “Poʻlat baliq” MCHJ 2012-yilda tashkil topgan. Jamiyat 14 gektar sunʼiy havzada yarim intensiv va intensiv (yopiq suv aylanma tizimi) usulda sazan, Afrika laqqasi, oq amur, oq doʻngpeshona hamda tilyapiya baliqlarini yetishtirib kelmoqda.
Ushbu klasterda hozirda quvvati 30 million dona boʻlgan baliq lichinkalarini ishlab chiqaruvchi inkubatsiya sexi, baliq chavoqlarini yetishtiruvchi 5 gektar reproduktor havza, 50 tonna quvvatli baliqni yarim tayyor holda qayta ishlovchi sex hamda 350 tonna quvvatda baliq yemini ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud.
Xoʻjalik tomonidan 2020-yilda 110 tonna baliq yetishtirilgan hamda 67 million soʻm subsidiya olingan. Shuningdek, bu yerda 12 ta doimiy 6 ta mavsumiy ishchi oʻrni yaratilgan.
Abdulaziz Yoʻldoshev,
(“Xalq soʻzi”)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring