2020-yilgi Butunjahon diabetga qarshi kurash kuni hamshiralarga bagʻishlandi

Har yili 14-noyabr kuni Xalqaro diabet federatsiyasi (IDF) va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan 1991-yilda tashkil etilgan Butun jahon diabet kuni butun dunyoda nishonlab kelinadi.
Qandli diabet zamonaviy jamiyatning tez tibbiy yordamni talab qiladigan eng muhim tibbiy va ijtimoiy muammolaridan biridir. Bugungi kunda dunyoda 463 milliondan ortiq odam qandli diabet bilan ogʻriyapti, har ikkinchi kattalarga esa tashxis qoʻyilmaydi. Oʻzbekistonda qandli diabet bilan kasallanganlar soni 257457 kishini tashkil etadi, ulardan 3263 nafari 18 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlardir.
IDF har yili kasallikka qarshi kurashning dolzarb kun tartibiga va muammolariga asoslanib Jahon diabet kasalligi kunining asosiy mavzusini belgilaydi. 2020-yilgi Butunjahon Diabet kunining maqsadi hamshiralarning diabet bilan kasallangan odamlarni qoʻllab-quvvatlashdagi muhim oʻrni toʻgʻrisida xabardorlikni oshirishdir.
Bu yil IDF qandli diabet bilan kasallangan odamlarni qoʻllab-quvvatlovchi hamshiralarni oʻqitish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish tashabbusi bilan chiqmoqda. Bemor bilan tez-tez muloqot qiladigan, ularga asosiy tibbiy yordam koʻrsatadigan hamshiralar. Shunday qilib, bemorni dastlabki baholash, parvarish qilish va davolash sifati hayotiy ahamiyatga ega.
Bugungi kunda, 2020-yilgi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti hisobotiga koʻra, hamshiralar barcha sogʻliqni saqlash mutaxassislarining 59 foizini tashkil qiladi. Dunyo boʻylab 27,9 million hamshira mavjud boʻlib, ularning dunyo miqyosidagi hamshiralar yetishmovchiligi qariyb 6 million kishini tashkil etadi, ularning 89 foizi past va oʻrta-past daromadli mamlakatlardadir. Hamshiralar har kuni eng zoʻr ishni qilishadi. Qandli diabet bilan yashaydigan yoki kasallik rivojlanish xavfi ostida boʻlgan odamlar, ayniqsa, ularning yordamiga muhtoj. Bundan tashqari, dunyo miqyosida qandli diabet bilan kasallanganlar soni koʻpayib borayotganligi sababli, kasallikning oqibatlarini bartaraf etishda hamshiralarning roli tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
— Maʼlumki, qandli diabetning oldini olish nafaqat tibbiy, balki ijtimoiy muammo boʻlib, keng aholidan sogʻlom turmush tarzi, ovqatlanish, oʻrtacha jismoniy faollik va kasallikni oʻz vaqtida aniqlash toʻgʻrisida xabardorlikni oshirishni talab qiladi, — deydi bolalar bosh endokrinologi Nasiba Alimova Usmanovna. — Qisqa vaqt ichida bunday global psixologik va shaxsiy oʻzgarishlarni oilani qoʻllab-quvvatlamasdan amalga oshirish mumkin emas. Parhezshunoslik, gigiyena, tibbiy yordamni tashkil qilish sohalarida bugungi fan yutuqlari bizda juda koʻp ishlarni amalga oshirishga va qandli diabetning oldini olishga imkon beradi. Ammo bu bilim har qancha mukammal boʻlmasin, u aholining turli qatlamlari ongiga tushunarli tarzda, ishonchni ilhomlantiruvchi manbalardan keladigan oddiy tavsiyalar shaklida kiritilmaguncha asosiy maqsad — kasalliklarning oldini olishga erisha olmaymiz.
— Qandli diabet kasallik emas, balki hayot tarzidir, — deydi “SofDil” diabet kasalligi bilan kasallangan bolalar va oʻsmirlarning Toshkent shahridagi jamiyati raisi Shaxrisada Sultonova. — Shifokorlar va hamshiralarning vazifasi qandli diabet bilan qanday kurashishni oʻrgatish, oʻqituvchilar va jamoatchilikning vazifasi bemorlarga psixologik yordam berishdir. Kasallik haqida qancha koʻp gapiradigan boʻlsak, qandli diabet tashxisi qoʻyilgan bemorlarga osonroq boʻladi.
Qandli diabet tashxisi qoʻyilgan bolasi boʻlgan oilalar uchun psixologik yordam nafaqat tashxis qoʻyilganidan keyin stressni yengib oʻtish, balki ushbu kasallikni boshqarishni oʻrganish uchun ham juda muhimdir. Va bu oʻrganish jarayonida — qonda glyukoza miqdorini qanday kuzatishni, insulin ukolini toʻgʻri bajarishni va non birliklarini sanab chiqishni oʻrgatishda hamshiralar hal qiluvchi rol oʻynaydi, ular bemorlarning ahvolini kuzatib boradilar, davolash davomida yoʻl-yoʻriq koʻrsatadilar va yordam berishadi.
— Biz Sanofi kompaniyamizda qariyb 100-yildan buyon qandli diabetni davolash uchun samarali dori-darmonlarni ishlab chiqarayotgani va bozorga olib kelgani, ilmiy tadqiqotlar olib borayotgani va shifokorlar va bemorlar uchun oʻquv dasturlarini amalga oshirayotganidan faxrlanamiz, — deydi kompaniyaning Markaziy Osiyo va Belarus umumiy tibbiyot boʻlimi rahbari Vitaliy Bistryukov. — Bizning asosiy maqsadimiz — qandli diabet bilan ogʻrigan odamlarning hayot sifatini yaxshilash, innovatsion davolash usullaridan foydalanish. Sanofi bemorlarga davolanishning yaxshi natijalariga erishish va hayot sifatini yaxshilashga yordam berish uchun ularning turmush tarzini inobatga olgan holda parvarish boʻyicha kompleks yondashuvni qoʻllaydi. Tegishli gʻamxoʻrlik va davolanishga rioya qilgan holda, diabet kasalligi bemorlarning toʻlaqonli hayot kechirish, jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish, martabaga chiqish va oilalarni qurish imkoniyatini cheklamaydi.
Biz bu yil IDF tomonidan tanlangan mavzuni qoʻllab-quvvatlaymiz, chunki hamshiralarning yelkasida juda katta vazifalar roʻyxati — turmush tarzini oʻzgartirish uchun ragʻbatlanishni yaratish, bemorlar va ularning oilalarini diabet kasalligini boshqarish, tibbiy koʻrsatmalarga rioya qilish va uyda tartib-qoidalarni bajarish boʻyicha taʼlim berish bemorlar va ularning qarindoshlari uchun psixologik yordam kabi masʼuliyatli vazifalar turadi.
Maʼlumot uchun, Sanofi global biofarmatsevtik kompaniya boʻlib, uning vazifasi turli xil sogʻliq muammolariga duch kelganlarni qoʻllab-quvvatlashdir.
“Biz oʻz vaksinalarimiz bilan odamlarni kasalliklardan himoya qilishga intilamiz va bizning dorilarimiz koʻplab kasalliklarning rivojlanishini engillashtiradi va kamdan-kam uchraydigan hamda tez-tez uchraydigan surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi” deya taʼkidlaydi kompaniya vakillari.
Uning dunyo boʻylab 100 ta mamlakatda 100000 dan ortiq xodimlari har kuni ilmiy yangiliklarni sogʻliqni saqlashning aniq yechimlariga aylantirish uchun ishlaydi.
Qandli diabet haqida
Qandli diabet jiddiy surunkali kasallik boʻlib, uning tarqalishi butun dunyo boʻylab barqaror oʻsishda davom etmoqda. Hatto 25 yil oldin ham dunyoda qandli diabet bilan kasallanganlar soni 130 million kishidan oshmagan; 2019-yilda ularning soni 463 millionga yetdi va 2045-yilga kelib dunyoda diabet bilan kasallanganlarning umumiy soni 700 millionga yetishi mumkin.
2-toifa diabetga chalingan odamlarning qariyb yarmi oʻz kasalliklari haqida hech narsa bilishmaydi, bu uning avj olishiga va ogʻir asoratlarga olib keladi. Kasallikning birinchi alomatlari paydo boʻlishidan tashxisga qadar koʻp yillar oʻtishi mumkin. Qandli diabet koʻrlik, amputatsiya va buyrak etishmovchiligining asosiy sababidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring