“15 sutkachi”lar soni oshishi mumkin. Deputatlar qonun loyihasi qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolani qonunga xilof ravishda diniy taʼlim olish jarayoniga jalb qilganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilash boʻyicha qonun loyihasi koʻrib chiqilmoqda.
Bu Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasini qoʻshimcha bandlar bilan toʻldirish taklifi bilan bogʻliq boʻlib, bir qator holatlarda diniy taʼlimga jalb qilingan bolalarning ota-onalari jazoga tortilishini nazarda tutadi.
Loyihaga koʻra, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan bola qonunga xilof ravishda diniy taʼlim olish jarayoniga jalb qilinsa, BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha jarimaga tortiladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, BHMning 15 baravaridan 25 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq jazosini tayinlashga asos boʻladi.
Maʼlum qilinishicha, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolani roʻyxatdan oʻtkazilmagan yoki litsenziyaga ega boʻlmagan tashkilotlar yoxud maxsus diniy maʼlumoti boʻlmagan va diniy tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha markaziy boshqaruv organining ruxsatisiz diniy taʼlim berayotgan shaxslar ixtiyoriga topshirishi jazoga tortilishga sabab boʻladi.
“Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi bolalarning taʼlim olish sohasidagi huquqlarini himoya qilish, ularning komil inson boʻlib yetishishiga, diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalari qurboniga aylanishining oldini olishga xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilingan.
Maʼlumot uchun, yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-modda va 35-moddalarida fuqarolarning eʼtiqod erkinligi huquqi va diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilab qoʻyilgan.
5-fevral kuni Buxoro viloyatida noqonuniy diniy taʼlim berayotgan shaxslar aniqlangan edi. Ular 9 nafar voyaga yetmagan yosh va 19 ta katta yoshdagi shaxsga qonunga xilof ravishda diniy taʼlim berib kelayotgani maʼlum boʻlgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring