1300 ga yaqin dorixona jarimaga tortildi

Respublika hududlari kesimida farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan referent narxlarning oshirilishi yuzasidan oʻtkazilgan monitoringda 1300 ga yaqin dorixonalarda qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi maʼlum qilgan.
Jumladan, bu boradagi qonunbuzilishlarning eng koʻpi Toshkent shahri (228 ta dorixona) hamda Samarqand (182 ta dorixona) va Toshkent (134 ta dorixona) viloyatlari kuzatilgan boʻlsa, eng kami Surxondaryo viloyatida (18 ta dorixona) qayd etilgan.
Qoʻmita bergan maʼlumotga koʻra, yuqoridagi hududlarda olib borilgan oʻrganishlar natijasida 270 ming ta holatda jami 11,6 milliard soʻm miqdorida asossiz daromad olinganligi aniqlanib, ortiqcha olingan pul mablagʻlarni isteʼmolchilarga qaytarish choralari koʻrilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring