12 mingdan ortiq boquvchisini yoʻqotgan oʻquvchi va talabalarning pensiyalari 23 yoshgacha uzaytirildi
Foto: Халқ сўзи
Bu haqda AOKAda Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
Pensiya jamgʻarmasining 2022-yil 9 oyligi daromadlari prognoz koʻrsatkichlari 23 032,0 mlrd. soʻm etib belgilangan boʻlib, ijro 24 097,8 mlrd. soʻmga yoki 105 foizga bajarildi. Shuningdek, Jamgʻarma tomonidan 4,2 mln. nafar pensiya va nafaqa oluvchilarga 36,7 trln. soʻm xarajatlar amalga oshirildi.
2022-yilning 9 oy davomida Pensiya jamgʻarmasi tomonidan 336,9 ming nafar fuqaroga pensiya va nafaqalar tayinlangan. Bu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 43,1 ming nafarga yoki 14,6 foizga oshgan.
Pensiya jamgʻarmasi tomonidan tayinlanadigan 12 turdagi pensiya va nafaqalarning 9 turini bugungi kunda inson omilisiz, avtomatik, interaktiv va proaktiv shaklda tayinlash tizimi yoʻlga qoʻyilgan. Joriy yilning 9 oyi davomida 1,2 mln. nafar fuqaroga interaktiv va masofaviy xizmatlar koʻrsatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sharqda hammasi tinch emas: Xitoy va AQSH Tinch okeanida faollashgani aytilmoqda
- Vatan va vijdon
- Aktrisa Halima Ibragimova 45 yoshida vafot etdi
- Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti etib saylandi
- Rasman Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov lavozimdan ketdi. Uning vazifasini bajaruvchi ham tayinlangan
- Sirdaryoda Toʻra Sulaymon uy-muzeyi ochildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring