«114 qur’on» loyihasi: eng yaxshi diniy qo‘lyozma nusxalari qamrab olinadi

13:37 25 Avgust 2024 Jamiyat
375 0

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Samarqandda “Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans poydevori” Xalqaro kongressida dunyoning 300 ga yaqin olimlari, muzey va kutubxona rahbarlari, xalqaro va xorijiy tashkilotlar vakillari O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash, saqlash va ommalashtirishga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishib, muhokamalar o‘tkazishmoqda. Bugun kongress doirasida O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) va Islom sivilizatsiyasi markazining «114 qur’on», «O‘zbekiston qur’onlari», «O‘zbekistonning nodir qo‘lyozma durdonalari»  kabi muhim loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Loyiha taqdimoti avvalida kongress qatnashchilariga “114 Qur’on” nomli videorolik namoyish etildi. Unda turli davlat muzeylarida saqlanayotgan Qur’on nusxalarini bitta nashr ostida birlashtirib yangi faksimel nusxani chop etilishi ma’lum qilindi. Yangi faksimelb nashrda esa 7 asrdan tortib 20 asrgacha dunyoning turli nuqtalarida ko‘chirilgan Qur’on nusxalari qamrab olinayotgani haqida ma’lumot berildi. Nega aynan 114 deya atalgani ham ochiqlandi. Taqdimot moderatorlarining bergan izohiga ko‘ra, bunda Qur’oni karimdagi suralarning 114 tadan tashkil etilganiga e’tibor qaratilgan.

Bu loyihaning nashr etilishida «Mueller & Schindler» nashriyoti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani ma’lum qilindi.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер