“112” yagona dispetcherlik xizmati Oʻzbekistonda toʻliq ishga tushdi
Oʻzbekistonda aholiga shoshilinch yordam koʻrsatishni yanada samarali tashkil etishga qaratilgan “112” dispetcherlik xizmati respublikaning barcha hududlarida ishga tushdi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi maʼlum qildi.
2023-yil iyulda Fargʻona shahrida oʻtkazilgan yigʻilishda Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar va Raqamli texnologiyalar vazirliklari oldiga yagona “112” tezkor raqami va dispetcherlik tizimini ishga tushirish vazifasini qoʻygandi. Natijada, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan mazkur xizmat bosqichma-bosqich joriy etildi.
Hukumat qaroriga muvofiq xizmat 2024-yil 1-iyundan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida, 2024-yil birinchi yarim yilligida Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida, 2024-yil yakuniga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va qolgan viloyatlarda faoliyat boshlashi rejalashtirilgandi.
Taʼkidlash joiz, “112” yagona dispetcherlik xizmati ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar, tez tibbiy yordam, ijtimoiy himoya va “Hududgaztaʼminot” kabi xizmatlarni birlashtirib, aholi murojaatlarini qabul qilish va qayta ishlashda yagona platforma vazifasini bajaradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring