11 yoshli bola «Damas»da 2 yoshli qizaloqning umriga zomin boʻldi
Illyustrativ foto
Shu yilning 10-noyabr kuni Fargʻona viloyatining Bagʻdod tumanida otasiga tegishli «Damas» avtomashinasini minib, mahalladagi savdo doʻkonidan oziq-ovqat mahsulotlari olib kelishga chiqqan 11 yoshli I. qoʻshni qizaloq — 2 yoshli I. ni urib yuborgan.
Avtohalokat natijasida sarosimaga tushib qolgan bolakay voqea joyidan qochib ketgan. Afsuski, jajji qizchaga oʻz vaqtida tibbiy yordam koʻrsatilmagani sababli u voqea joyida hayotdan koʻz yumdi.
Bagʻdod tumani IIB Yoʻl harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori Ahror Jakbarovning maʼlum qilishicha, ayni paytda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, tumandagi umumtaʼlim maktablaridan birining 4-sinf oʻquvchisi boʻlgan bolakay uyi oldida otasi kaliti bilan qoldirgan «Damas»ni ruxsatsiz haydagan va boshqaruvni eplay olmay avtohalokat sodir etgan.
B.Madiyorov,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring