104-yillik futbol klubi inqirozga uchradi. Klub 6 karra Fransiya chempioni hisoblanadi

11:38 26 Iyul 2024 Sport
749 0

Fransiyaning «Bordo» futbol klubi jiddiy moliyaviy qiyinchiliklar tufayli oʻzining professional maqomidan voz kechishini eʼlon qildi. Qaror klub yaqinda Fransiyaning ikkinchi darajasidan yarim-professional uchinchi darajaga tushib ketganidan keyin qabul qilindi. Bu haqda «Sports Illustrated» nashri xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, 1920-yilda tashkil topgan «Bordo» 1937-yildan beri birinchi marta professional maqomga ega boʻlmaydi. Klub 2021-yilda uning amerikalik egalari — «King Street» moliyaviy yordam berishni toʻxtatgach, bankrotlik yoqasiga kelib qolgan edi. «Bordo»ning Liga 1 (Fransiya oliy futbol ligasi)ga qayta olmagani uni yanada qiyin ahvolga solib qoʻydi.

Professional maqomidan voz kechishi natijasida klub barcha futbolchilar va xodimlar bilan amaldagi shartnomalarni bekor qilishga majbur boʻladi. Oʻyinchilar erkin agentga aylanishadi, bu ularga istalgan boshqa klub bilan shartnoma imzolash imkonini beradi.

«Bordo» 6-marta — 1949, 1983, 1984, 1986, 1998 va 2009-yillarda Liga 1 chempionligini qoʻlga kiritgan. Kelgusi hafta «Bordo» klubi ustidan sudda ayrim masalalar koʻrib chiqiladi. Bu yanada qiyin muammolarni boshlab kelishi mumkin.

Avvalroq, Fransiyada oʻtkazilayotgan Olimpiada futbolining birinchi turi qanday oʻtganligi haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер