10,1 mlrd. soʻmlik 2 ta tanlovda yaqin qarindoshlar oʻzaro “raqobatlashgan”ligi aniqlandi — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Иллюстратив фото
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻlgan “Hokimning yashirin qarori va bir-biriga begona boʻlmagan pudratchilar haqida” nomli xabarda keltirilgan holatlar oʻrganildi.
Aniqlanishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 9-fevral kuni “Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini jadal surʼatlarda hal etish hamda aholi farovonligini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-50-sonli qaroriga asosan Toshkent shahrining har bir mahallasiga mahalla infratuzilmasini yaxshilash uchun 1 mlrd soʻmdan mablagʻ ajratilgan.
Ushbu qarorga asosan Olmazor tumanida joylashgan 64 ta mahallaning infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha rejalashtirilgan 64 mlrd soʻmlik ishlarni bajarish yuzasidan pudratchilar ichki tanlov asosida tanlab olingan.
Oʻrganishda buyurtmachi tomonidan 10,1 mlrd soʻmlik 2 ta tanlovni oʻtkazish jarayonida “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 42-moddasi talablari qoʻpol ravishda buzilganligi aniqlandi.
Jumladan, tuman obodonlashtirish boshqarmasining xarid komissiyasi tomonidan 2023-yil 17-aprel kuni oʻtkazilgan tanlovlarda oʻzaro raqobatlashgan “S.Q”, “O.H.G.”, “N.A.” hamda “A.P.T” MCHJlarning rahbar va taʼsischilari yaqin qarindoshlar boʻlib, oʻzaro affillangan shaxslar ekanligi maʼlum boʻldi.
Biroq, xarid komissiyasi tomonidan affillangan shaxslar xarid qilish jarayonidan chetlatilmasdan “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 10, 14, 23, 42-moddalari va “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasi talablari buzilganligi aniqlandi.
Shu va boshqa qonunbuzilish holatlari yuzasidan toʻplangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun 25-may kuni huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring