1000 dan ortiq informatika fani o‘qituvchilarining bilim va malakalari oshirildi

21:23 10 Mart 2025 Jamiyat
214 0

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “InfoTeach — 2025” forumining birinchi kuni yakunlandi.

“InfoTeach — 2025” forumi doirasida informatika fani o‘qituvchilari uchun sun’iy intellekt, frilanserlik, olimpiada tayyorgarligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha treninglar tashkil etiladi.

Treninglarda o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan tanishtirish va ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ma’ruzalar bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?