100 ta eng sara oʻzbek filmlari telekanallarda efirga uzatiladi

Joriy yilning 30-dekabr kuni «Oʻzbekkino» Milliy agentligi tashabbusi bilan Respublika Yoshlar ijod saroyida 100 ta eng sara milliy filmlarni telekanallarga topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Ushbu filmlar orasida ilgari telekanallar orqali efirga uzatilmagan koʻplab noyob filmlar mavjud.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 20-noyabrda yangi rekonstruksiya qilingan «Oʻzbekfilm» kinostudiyasiga tashrifi davomida eng sara milliy filmlar 100 taligini tuzish va efirga uzatish topshirigʻi berilgan edi. Mazkur vazifa yuzasidan «Oʻzbekkino» MA tomonidan maxsus komissiya tuzildi va filmlar yuztaligi tuzib chiqildi. Agentlik tantanali ravishda filmlar jamlanmasini davlat va nodavlat telekanallarga topshirdi. Yangi, 2021-yildan eng sara milliy filmlar davlat va nodavlat telekanallarda efirga uzatiladi.
Tadbir avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Bekzod Musayev hamda «Oʻzbekkino» MA Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov soʻzga chiqishdi. Soʻngra “Oʻtganlarni xotirlash – ulugʻ amallardandir” nomi bilan joriy yil olamdan oʻtganlar yod etildi. Shundan soʻng “2020-yilda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida», “Oʻzbek kinosining 100 ta mumtoz namunasi” videotaqdimotlari hamda “CinemaTop-2020” taqdirlash marosimlari boʻlib oʻtdi.
“CinemaTop-2020” taqdirlash marosimi doirasida qator kinoijodkorlar mukofotlanishdi. Jumladan, Jahongir Ahmedov – “Eng faol rejissyor”, Nigora Karimova – “Eng faol kinoshunos”, Aziz Arzikulov – “Eng faol operator”, Farrux Toʻlaganov – «Eng faol kinoprokatchi», Shohira Raufboyeva – «Eng faol kinojurnalist», Bahodir Adilov – “Eng faol tizim tashkiloti”, Feruza Nodirova – “Eng faol xodim”, Anvar Ergashev – “Eng faol investor”, Ali Hamroyev – “Eng faol hujjatli kino ustasi”, Matyoqub Matchonov – “Ijtimoiy faolligi uchun”, Jahongir Qosimov – “Eng faol kinoijodkor”, Rashid Malikov – “Xalqaro munosabatlardagi faolligi uchun”, Botir Bazarbayev – “Jamoatchilik ishlaridagi faolligi uchun”, Abdulatif Haydarov – “Eng faol multiplikator” nominatsiyalariga munosib koʻrildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring