10 nafar hokim yordamchisiga chora koʻrildi

Biznes-ombudsman devoni tomonidan tadbirkorlar murojaatlarining oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi tahlil qilinganda ayrim mansabdorlar tomonidan muddatlar buzilayotgani aniqlandi.
Xususan, Vazirlar Mahkamasining 373-son qaroriga koʻra, hokim yordamchisi tadbirkorning kredit olish boʻyicha arizasini koʻrib chiqib, uning faoliyati va imkoniyatlarini oʻrganishi, fotohisobot va joylashuv xaritasini ilova qilgan holda 5 kun ichida Yagona elektron platformaga tavsiya yoki rad xulosasini kiritishi shart.
Biroq, baʼzi hokim yordamchilari tomonidan mazkur talab oʻz vaqtida bajarilmagani sababli ayrim tadbirkorlarning murojaatlari oʻz muddatlarida koʻrib chiqilmadi.
Jumladan, Namangan viloyatidagi 10 nafar hokim yordamchilari tomonidan 80 dan ortiq ana shunday qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyilgani aniqlandi. Misol uchun, Uchqoʻrgʻon tumanida faoliyat yurituvchi “Kelajak-M” MCHJ (nomi oʻzgartirilgan) rahbarining kredit ajratish haqida Yagona elektron platforma orqali yoʻllagan arizasi belgilangan muddat 31 kunga buzilgan holda koʻrib chiqilgan. Mazkur holatlar sabab mansabdorlarga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli choralar koʻrildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring