10-11-aprel kunlari Termizda Prezident sovrini uchun kurash musobaqasi oʻtkaziladi

Shu yil 10-11-aprel kunlari Termiz shahrida kurash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Al Hakim at-Termiziy xotirasiga bagʻishlab oʻtkaziladigan anʼanaviy XV xalqaro turnir boʻlib oʻtadi.
1993-yildan buyon har ikki yilda oʻtkazib kelinayotgan turnirda shu kunga qadar dunyoning eng nomdor polvonlari ishtirok etishgan.
Bu safargi musobaqada hozircha 30ga yaqin davlatdan 50 nafardan ortiq polvonlar ishtirok etish istagini bildirishgan.
Xalqaro turnirda erkaklar -60, -66, -73, -81, -90 kg., ayollar esa -48, -57, -63, -70, +70 kg. vazn toifalarida oʻzaro bellashadi. Shuningdek, musobaqada mutlaq vazn toifasida ham bellashuvlar tashkil etiladi.
Al-Hakim At-Termiziy Xalqaro turnirining umumiy mukofot jamgʻarmasi 100 ming dollarini tashkil etib, har bir vazn toifasida gʻoliblarga 3 000 AQSH dollari, 2-oʻrinlar uchun 2 000 AQSH dollari hamda ikkita 3-oʻrin sohiblari 1 000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotini qoʻlga kiritishadi.
Mutlaq vaznda gʻolib boʻlgan polvon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini – 10 000 AQSH dollariga sazovor boʻladi. 2-oʻrin sohibi 5 000 dollar, ikkita 3-oʻrin sohiblari 3 500 dollardan, jami 22 000 dollar miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanishadi. Mutlaq vazn toifasidagi 4 nafar chorak final omadsizlarining har biriga esa 2 000 dollardan jami 8 000 dollar pul mukofoti taʼsis etilgan.
XV bor tashkil etilayotgan ushbu musobaqa ham har doimgidek qiziqarli, murosasiz va kuchli raqobat ostida oʻtishiga shubha yoʻq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda nutq so‘zladi.
- Nodavlat oliy taʼlim muassasalari ustav fondini kamida 2 million AQSH dollari ekvivalentida shakllantirilishi shart – Vazirlar Mahkamasi qarori
- “Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi
- Yetakchilar “Imorat” tarixiy-meʼmoriy majmuasiga bordi
- “Xalq soʻzi” bo'lim muharriri “Oltin qalam” mukofoti sohibi boʻldi
- Xiva shahrida Birinchi Oʻzbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi muvaffaqiyatli yakunlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring