1-maydan ayrim tadbirkorlarga garovsiz kreditlar ajratiladi
Prezidentning “Kichik va oʻrta biznesning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan 2025-yilda kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib shu turdagi biznesningning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 55, sanoatda 34, eksportda 34 foizga va aholi bandligini taʼminlashda 75 foizgacha yetkazish, kamida 600 nafar kichik va oʻrta biznes subyektlarining yiriklashishiga koʻmaklashish orqali ularni “chempion” tadbirkorlarga aylantirish, 100 nafardan koʻp ishchisi bor tadbirkorlik subyektlari sonini 4 mingga yetkazish belgilandi.
2025-yil 1-maydan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar YTT yoki yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganda, davlat boji undirilmaydi.
Shuningdek, oʻz faoliyatini tegishincha YATT, mikrofirma yoki kichik korxona toifasigacha yiriklashtirgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar va tadbirkorlarga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 50 million soʻmgacha, Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida — 150 million soʻmgacha garovsiz kreditlar ajratiladi.
Oʻz faoliyatini tegishincha oʻrta yoki yirik biznes toifasigacha koʻtargan tadbirkorlarga 1-yil davomida QQS summasi oʻrnini qoplash (qaytarish) 7 kun muddatda tezlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring