1-iyun — Oʻzbekiston xalq shoiri, atoqli adib Anvar Obidjon ijodiyoti kuni

16:56 31 May 2021 Madaniyat
645 0

Oʻzbek bolalar adabiyotining yorqin namoyandasi, Oʻzbekiston Xalq shoiri Anvar Obidjon oʻzining serqirra ijodiy faoliyati davomida kattalar va bolalar uchun salmoqli asarlar yaratgan. Xilma-xil janrlarda qissalar, sheʼrlar, dostonlar, hikoyalar, pyesalar yozgan.

Ayniqsa, bolalar adabiyotini yangi bosqichga koʻtargan turkum asarlari adabiyotshunoslar, olimlar va adabiy tanqidchilar tomonidan bir necha bor tahlil qilinib, ijobiy eʼtirof etilgan. Shoir asarlari bir necha boshqa tillarga ham tarjima qilinib, jahon adabiyotiga munosib hissa boʻlib qoʻshilganligini alohida eʼtirof etish joiz. Bir-birini takrorlamaydigan qator kitoblari omma orasida sevib mutolaa qilib kelinmoqda.

Oʻzbekiston Xalq shoiri Anvar Obidjon vafotidan keyin, adib nomini abadiylashtirish maqsadida Oltiariq tuman Axborot-kutubxona markaziga qarashli “Xalq kutubxonasi”ga Anvar Obidjon nomi berildi. Fayziobod qishlogʻida Anvar Obidjon nomidagi yangi xususiy maktab ish boshladi. Poloson qishlogʻida “Anvar Obidjon guzari” qad rostladi.

Kecha Oltiariq tuman markaziy oʻyingohida shoir ijodiga bagʻishlab oʻtkazilgan “Hayotning har lahzasi goʻzal” shiori ostidagi tadbirda tuman hokimi Xolmirza Niyozov shoir tugʻilib oʻsgan koʻchaga Anvar Obidjon nomini berish toʻgʻrisidagi taklifni ilgari surdi.

Shuningdek, tuman hokimi “1-iyun — Oʻzbekiston Xalq shoiri, atoqli adib Anvar Obidjon ijodiyoti kuni” deb eʼlon qildi. Bu ham tumanda shoir ijodini yana-da ommalashtirish va munosib izdoshlarining kamol topishiga xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?