1-7 dekabr kunlari mamlakatimizda “Paralimpiya haftaligi” o‘tkaziladi
Joriy yilning 1-7 dekabr kunlari mamlakatimizda Paralimpiya harakatini rivojlantirishga qaratilgan “Paralimpiya haftaligi” o‘tkaziladi.
Mazkur haftalik doirasida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning qo‘lga kiritgan yutuqlari, ularning ibratli hayot tarzini targ‘ib qilish tadbirlarini tashkil etish bilan bir qatorda, tuman va shaharlar miqyosida nogironligi bo‘lgan shaxslar, shu jumladan, yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish tadbirlari hamda sport musobaqalari o‘tkaziladi.
Alohida taʼlim ehtiyojalari bo‘lgan maktab va maktab-internatlari o‘quvchilari o‘rtasida 5x5 futbol, para yengil atletika, para stol tennisi, para badminton, golbol, para pauerlifting, para shaxmat va shashka sport turlaridan hamda quvnoq estafetalar kabi musobaqalar tashkil etiladi.
Shuningdek, trenerlar uchun turli trening-seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar ko‘rgazmasi bo‘yicha “Mahorat darslar” namoyish etiladi va iqtidorli yoshlarni tanlab olish, ularni parasport turlariga yo‘naltirish va shu orqali sport bilan shug‘ullanuvchilar qamrovini yana-da kengaytirish tadbirlari amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring