2023-yil 1-aprelga qadar muhandislik maktablari uchun joylarda kollejlar bazasi aniqlanadi

19:09 10 Yanvar 2023 Siyosat
1200 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Prezident Murojaatnomasida muhandislarni tayyorlash va qayta tayyorlash alohida vazifa qilib belgilangan.

Mutasaddi vazirlarga tarmoqlar rahbarlari bilan birgalikda 1-aprelga qadar joylarga chiqib, muhandislik maktablari uchun kollejlar bazasini aniqlash; xorijiy mutaxassislarni jalb qilib, maktablarning yoʻnalishlari va dasturlarini ishlab chiqish topshirildi.

Investitsiya, sanoat va savdo vaziri L.Qudratov oldiga tarmoqlar bilan tizimli ishlash, sanoat kooperatsiyasini kengaytirib, 6 milliard dollarlik mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish, ishga tushadigan 304 ta strategik va yirik loyihalar ustidan haftalik on-layn monitoringni yoʻlga qoʻyish topshirildi.

Bosh vazir oʻrinbosari J.Xodjayev tumanlarga borib, hududiy investitsiya dasturlariga kirgan 3 mingga yaqin loyihalarni vaqtida ishga tushirishga javob berishi, mavjud muammolarni joyida tezkor hal etilishini taʼminlash, har bir tuman va shaharda kamida 50 million dollar qoʻshimcha investitsiya jalb qilish uchun masʼul boʻlishi taʼkidlandi.

Yigʻilish yakunida hudud va tarmoqlar rahbarlarining axboroti tinglandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер