AQSH sayohatchilar mamlakatga kirishlari uchun qoidalarni oʻzgartirdi
Joriy yilning 8-noyabridan boshlab AQSHning Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi (Centers for Disease Control and Prevention, CDC) va Transport xavfsizligi boshqarmasi (Transportation Security Administration, TSA) Buyrugʻiga binoan Amerika Qoʻshma Shtatlariga kelayotgan 2 yoshdan yuqori boʻlgan barcha yoʻlovchilar COVID-19 ga qarshi emlanganligi toʻgʻrisidagi yoki emlanishdan ozod qilinganligi haqidagi anketani toʻldirishlari shart. Immigrantlar va AQSH fuqaroligiga ega yoʻlovchilar bundan mustasno.
Mazkur anketa havo kemasiga chiqishdan oldin aviakompaniya vakillariga taqdim etilishi lozim. Anketani toʻldirmaslik, notoʻgʻri va yolgʻon maʼlumotlarni keltirish reysning kechikishiga, yoʻlovchining parvozdan chetlashtirilishiga va kelajakda AQSHga kirishga ruxsat berilmasligiga olib kelishi mumkin.
Shuningdek, bunday yoʻl tutgan hamda anketa talablarini bajarmagan har bir yoʻlovchi AQSHning federal qoidalariga koʻra jinoiy va qamoq jazosiga tortilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring