Singapur kompaniyasi Oʻzbekistonda 2,5 milliard dollarlik “aqlli shahar” barpo etmoqchi

12:48 27 Noyabr 2018 Iqtisodiyot
3715 0

Illyustrativ foto

Singapurning “Universal Success Enterprises” kompaniyasi Toshkent viloyatida “aqlli shahar” barpo etishni rejalashtirmoqda. Buning uchun kompaniya 2,5 milliard dollar miqdorida sarmoya kiritishga tayyor boʻlib turibdi.

O'zbekiston davlat investitsiya qoʻmitasi va Singapur kompaniyasi oʻrtasida ilk marta boʻlib oʻtgan turizm sohasidagi birinchi xalqaro investitsion forum doirasida “aqlli shahar” qurilishini nazarda tutuvchi memorandum imzolandi.

Kompaniya 2021 yil oxirigacha loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Universal Success Enterprises aqlli va sanoat shaharlarini qurishda tajribaga ega. Jumladan, kompaniya Hindistonda 152 gektar maydonda Kolkata West International city va 400 gektarlik Dholera Special Investment Region qurish boʻyicha loyihani amalga oshirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер