Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni ijaraga berish soddalashtirildi

Foto: Illustrativ foto
Hukumat qarori (237-son, 06.05.2022-y.) bilan “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Unga koʻra, viloyat hokimliklari Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan takroran tanlovda ham gʻolib aniqlanmagan yerlar boʻyicha uning maydoni, ixtisosligini oʻzgartirib talab yuqori boʻlgan boshqa yoʻnalishlarga ochiq tanlov oʻtkazadi.
Fuqarolardan yerni tanlovga chiqarish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun 3 ish kunida taklif tushgan yerni oʻrganadi. Ilgari 5 ish kunida edi.
Shuningdek, tanlovga chiqarish uchun moʻljallangan yerni vakolatli organlar bilan kelishish muddati ham 5 kundan 3 kunga qisqartirildi.
Tanlovga chiqarilgan yerni olmoqchi boʻlgan talabgorlar 2022-yil 1-martdan keyin xorijdan kelgan mehnat migrantlari boʻlsa, BHMning 1 baravari (270 ming soʻm) miqdoridagi zakalat pulini toʻlashdan ozod etiladi. Ilgari mazkur imtiyoz faqat ijtimoiy daftarlarga kiritilganlarga tatbiq etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring