Bir oy muddatda Toshkent davlat texnika universiteti va boshqa oliygohlarning elektrotexnika boʻyicha oʻquv dasturlari toʻliq qayta koʻrib chiqiladi
![](https://xs.uz/upload/post/2022/5/06/40dfc77c80e94340d7be9fd1d501b1ad0506.jpg)
Foto: president.uz
Prezident huzurida elektrotexnika sohasida yangi zaxiralarni safarbar qilish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Yigʻilishda kelgusi uch yilda tarmoq uchun 4 ming nafar oliy va 14 ming nafar oʻrta maʼlumotli mutaxassislar zarur boʻlishi taʼkidlandi.
Misol uchun, birgina Samarqandda ishga tushiriladigan korxonalarda 2022-yilda 1 ming 200 nafar mutaxassisga ehtiyoj mavjud.
Shuning uchun Toshkent shahridagi Radiotexnika kolleji, Samarqand va Chirchiq xizmat koʻrsatish texnikumlari, Fargʻona elektrotexnika kolleji «Oʻzeltexsanoat» uyushmasiga biriktirilishi belgilandi.
Bir oy muddatda Toshkent davlat texnika universiteti va boshqa oliygohlarning elektrotexnika boʻyicha oʻquv dasturlarini toʻliq qayta koʻrib chiqish topshirildi.
Yigʻilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tarmoq va hududlar rahbarlarining hisoboti eshitildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Kartoshka narxi qachon pasayishi maʼlum boʻldi
- “Hamza Hasanovdan Gʻaybulla Tursunovgacha”: “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” mukofoti gʻoliblari aniqlandi
- Kelgusi hafta uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
- Alisher Navoiy ijodini oʻrganish — qalb amrimiz boʻlmogʻi darkor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring