2021-yilda global uglerod chiqindilari kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori koʻrsatkichga yetgan
Illyustrativ foto
Xalqaro energetika agentligi (XEA) ekspertlari energiya bilan bogʻliq global karbonat angidrid chiqindilari miqdorini hisoblab chiqdi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, u 2021-yilda 6 foizga oʻsib, 36,3 milliard metrik tonnani tashkil etgan.
“Bu kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori koʻrsatkichdir. Oʻtgan yilga nisbatan emissiyalar ikki milliard metrik tonnadan koʻproqqa oshdi. Bu sakrash 2020-yilda koronavirus pandemiyasi davrida kuzatilgan pasayishning oʻrnini bosdi”, deyiladi manbada.
Mutaxassislarning fikricha, chiqindilarning koʻpayishi, asosan, mamlakatlar iqtisodiyotni tiklash va koʻmirdan faolroq foydalanishni boshlagani bilan bogʻliq. Elektr energiyasiga boʻlgan talabning tiklanishi bilan bir qatorda, vaziyatga noqulay ob-havo sharoiti va bozor muammolari, ayniqsa, tabiiy gaz narxining keskin oshishi taʼsir koʻrsatdi.
“Bu omillarning barchasi qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish tarixdagi eng katta oʻsishni koʻrsatganiga qaramay, koʻmir yoqishning oshishiga olib keldi”, deyiladi agentlik bayonotida.
XEA, shuningdek, Xitoy CO2 emissiyasining asosiy “ishlab chiqaruvchisi” ekanligini taʼkidladi. 2019-2021-yillarda uning hajmi mazkur mamlakatda 750 million tonnaga oshgan. 2021-yilda Xitoyning CO2 emissiyasi 11,9 milliard metrik tonnadan oshib, global ulushning 33 foizini tashkil etgan.
Ekspertlarning taʼkidlashicha, Xitoy 2020 va 2021-yillarda iqtisodiy oʻsish qayd etilgan yagona yirik iqtisodiyot boʻldi. Xitoyda bu ikki yil davomida emissiyalarning oʻsishi shu davrdagi dunyoning qolgan qismidagi jami pasayishdan koʻra koʻproq qoplandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring