Surxondaryoda “Damas” yoʻldan oʻtayotgan mast erkakni bosib ketdi
Surxondaryoda 17-noyabr kuni “Damas” yoʻldan oʻtayotgan mast erkakni bosib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar axborot xizmati xabar berdi.
Surxondaryo viloyati Angor tumanida shu kuni soat 19:10 larda Navroʻz mahallasi hududidan oʻtuvchi 4R-23Z avtomobil yoʻlida shu tumanning Guliston mahallasida yashovchi 29 yoshli erkak “Damas” avtomobilida Angor–Termiz yoʻnalishi boʻylab harakatlanayotgan boʻlgan. Soʻngra yoʻlning chap tomonidan oʻng tomoniga oʻtayotgan fuqaroni mashinasida turtib yuborgan. Jabrlangan fuqaro 1982-yilda tugʻilgan, Termiz tumani Uchqizil mahallasida yashagan. Oqibatda fuqaro ogʻir tan jarohatlarini olib, tuman kasalxonasida vafot etgan.
Mahalla vakillari bilan olib borilgan profilaktik suhbat davomida YPX xodimi “Damas” avtomobili piyodaning mast holatda yoʻlda yotgani, uni payqamay, ustidan oʻtib ketganini maʼlum qilgan. Shuningdek, fuqarolardan yoʻllarda mast fuqarolarni koʻrganda 102 xizmatiga xabar berishini soʻragan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring