Toshkentda metro harakati toʻxtab qolgan. “Toshkent metropoliteni” UK korxonasi esa bexabar

15:06 11 Oktyabr 2018 Jamiyat
4219 0
Toshkent metropoliteni Chilonzor bekati

Tahririyatimizga telefon qoʻngʻirogʻi boʻldi. Oʻzini tanitishni istamagan yurtdoshimizning aytishicha, u 40 daqiqadan beri Toshkent metropoliteni Chilonzor yoʻnalishi Olmazor bekatida metro kutib turgan. Metro esa kelmagan. Toshkent metropoliten xizmatchilari esa bunga izoh berishmagan.

Mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida “Toshkent metropoliteni” UK korxonasiga qoʻngʻiroq qildik. U yerda goʻshakni koʻtargan xodim, bu qabulxona ekanligini aytib, bundan bexabarligini bildirdi hamda 71 245 75 59 raqamiga qoʻngʻiroq qilishimizni aytdi.

Afsuski, bu raqamga qayta-qayta qoʻngʻiroq qildik. Lekin goʻshakni hech kim koʻtarmadi.

Umid qilamiz, mutasaddilar bunga izoh berishadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер