Samarqandda Mahmudxoʻja Behbudiy uy-muzeyi ochildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Samarqand shahri kuni munosabati bilan oʻtkazilayotgan tadbirlar doirasida Mahmudxoʻja Behbudiy uy-muzeyining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-apreldagi qaroriga asosan Behbudiy tavalludining 145-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan uy-muzeyda ulugʻ maʼrifatparvar, noshir, jurnalistning hayoti va ijodi haqidagi maʼlumotlar, oʻsha davr madaniyati, maʼrifati, ilm-fan rivojiga hissa qoʻshgan bir qancha maʼrifatparvar olimlarning fotosuratlari, ilmiy asarlari gazeta va jurnallar kabi qator ashyolar mavjud.
— Bu binoda “Samarqand” gazetasi, “Oyna” jurnali chop etilgan, — deydi Samarqand davlat chet tillar instituti oʻqituvchisi Dilafroʻz Rahmatova. - Shuningdek, «Padarkush» dramasi ham ilk bor shu bino hovlisida sahnalashtirilgan.
Muzeydan shuningdek, XX asr boshlariga tegishli noshirlik dastgohi, gazeta va jurnallar nusxalari, ilmiy arxiv hujjatlari va nodir muzey ashyolari oʻrin olgan.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring