Qozon — 2021: Oʻzbekistonlik 3 bokschi yarim finalga yoʻl oldi
Tatariston Respublikasining Qozon shahrida boʻlib oʻtayotgan Birinchi MDH oʻyinlarining boks bellashuvlarida oʻzbekistonlik bokschilar Javohir Kuysinov (48 kg), Sayat Ilyasov (50 kg), Farruh Toʻlaganov (54 kg) chorak finalda raqiblarini magʻlub etishdi.
Javohir Kuysinov armanistonlik raqibi D.Safaryanni 5:0 hisobida magʻlub etdi.
Sayat Ilyasov armanistonlik raqibi K.Chapayanni 5:0 hisobida yengdi.
Farruh Toʻlaganov Ozarboyjon vakili M. Gasimzade ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozondi.
52 kg vazn toifasida Mehroj Istamtoshev armanistonlik raqibi A.Xachataryanga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Boks bellashuvlari davom etmoqda. Oʻzbekistonning yana 5 vakili ringga chiqishi kutilmoqda. Natijalar boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring