Yulduz Usmonovaning sudi boʻyicha rasmiy bayonot berildi
2021-yil 15-iyun kuni fuqarolik ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tumanlararo sudining ish yurituviga daʼvogar Tajimuratov Dauletmurat Mirzamuratovichning javobgar Usmonova Yulduz Ibragimovnaga nisbatan shaʼn-qadr qimmatga yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi arizasi kelib tushgan.
Daʼvo talabidan koʻrinishicha, daʼvogar Oʻzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning konsertida “Qaraqalpogʻiston, sizlar aytishingiz mumkin nimaga Qoraqalpogʻiston deb, atta umuman yashash oson emas, lekin Oʻzbekiston xalqi bagʻrining ichidagi «choponi” ichidagi bir xalq...» degan soʻzlarni eshitganligi, uning bu soʻzlari Qoraqalpogʻiston halqini kamsitganligi, “u yerlarda oson emas”, deb yomon qilib koʻrsatganligi, “biz ular uchun javobgarmiz”, degan soʻzlari bilan ularni ojiz, birovning yordamiga muxtoj xalq sifatida taʼriflaganidan norozi boʻlib, suddan javobgar Usmonova Yulduz Ibragimovnaga Qoraqalpogʻiston xalqi va daʼvogar Tajimuratov Dauletmurat Mirzamuratovichdan kechirim soʻrash majburiyatini yuklashni soʻragan.
Sud muhokamasi 7-iyul kuni soat 14:00 ga tayinlangan boʻlib, javobgar Yu.Usmonova sudga oʻzining sogʻligi yomonligi sababli ishni koʻrishni keyinga qoldirish toʻgʻrisidagi arizasi bilan murojaat qilgan.
Shunga asosan sud majlisi 2021-yil 16-iyul kuni soat 14:00 ga qoldirilgan, bu haqda taraflar tegishli tartibda ogohlantirilgan.
Mazkur fuqarolik ishi boʻyicha daʼvogar D.Tajimuratov fuqarolik ishlari boʻyicha M.Ulugʻbek tumanlararo sudiga qoʻngʻiroq qilib, samolyot uchmaganligi sabab, FIB tumanlararo Nukus sudi binosida VKA rejimida ishtirok etishi toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritgani sababli bugun, 16-iyul sanasidagi sud majlisi shu rejimda taraflar ishtirokida koʻrildi. Dastlab sud tarkibi eʼlon qilindi, taraflar eʼtiroz bildirmadilar, raddiya keltirilmadi.
VKA rejimidagi sud majlisida daʼvogar D.Tajimuratov, javobgar vakili advokat E.Uaydullayeva hamda erkin kuzatuvchilar – Jollibay Beknazarov va Yesemurat Esboganov ishtirok etishdi.
Sud majlisida taraflarning shaxsi aniqlandi. Daʼvogar javobgar vakilining ishtirok etishiga eʼtiroz bildirib, shaxsan Yu.Usmonova qatnashishini soʻradi. Javobgarning vakili advokat yozma iltimosnoma kiritib, ish hujjatlari bilan tanishish va sud muhokamasiga tayyorlanish uchun muhlat berishni soʻradi.
Sud oʻz joyida ajrim qilib, daʼvogarning javobgar vakili ishtirok etishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi iltimosnomasini rad etdi.
Sud oʻz joyida ajrim qilib, javobgar vakilining ishni keyinga qoldirish iltimosnomasini qanoatlantirdi. Sud majlisi VKA rejimida koʻrilishi 2021-yil 23-iyul soat 15:00 ga qoldirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring