Jizzaxdagi “zapravka”da Matiz va Nexia yonib ketdi

10:20 28 Iyun 2021 Jamiyat
704 0

Bugun, 28-iyun kuni soat 05:40da Jizzax viloyati Jizzax shahar “Sangzor” MFY O.Azimov koʻchasida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida yongʻin kelib chiqqan.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushgan maʼlumotga koʻra, shoxobchadagi “Matiz” hamda “Nexia” rusumli avtomashinalarga gaz toʻldirish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmagani bois yongʻin kelib chiqqan.

Mazkur hodisa yuzasidan Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yongʻin-qutqaruv guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib kelgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yongʻin oʻz vaqtida oʻrab olinib, qisqa fursat ichida bartaraf etildi.

Ushbu holatda jabrlangan va halok boʻlganlar aniqlanmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер