Jizzaxda «Neksiya-3» avtomobilida “kaskadyorlik” qilgan yoʻlovchi ayol jarimaga tortildi

18:10 14 Iyun 2021 Jamiyat
653 0

Bu haqda YHXBB xabar berdi.

«Qoidabuzarliklarga qarshi koʻrilayotgan choralar, olib borilayotgan targʻibot tadbirlariga qaramasdan harakat ishtirokchilari tomonidan qoidalarni chetlab oʻtish holatlari doimiy kuzatilmoqda.

Yoʻl harakati qoidalarida haydovchi va piyoda bilan bir qatorda yoʻlovchi uchun ham tegishli talablar belgilangan.

Dam olish maskanlariga olib boruvchi avtomobil yoʻllarida harakat vaqtida yoʻlovchilarning avtotransport vositasi oynasidan tana qismlarini chiqarib olish holatlari tez-tez uchrab turadi. Bu kabi holatlar fuqarolar tomonidan tasvirga olinib ijtimoiy tarmoqlarda tarqaladi. Ana shunday video lavhalardan biri oʻrganilib, harakat vaqtida “Neksiya-3” rusumli avtomobilning oynasidan tana qismlarini chiqarib olgan fuqaro yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 138-moddasi 4-qismi (transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yoʻlovchi tomonidan tana qismlarini (qoʻldan tashqari) salondan chiqarish) tartibida bayonnoma tuzildi» deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?