“Bu yerda 3ta opa turibdi. Nima qilay? Yoʻqot!” Prokuratura xodimining suhbati ekanligi aytilgan audioyozuv boʻyicha bayonot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda goʻyoki Fargʻona viloyat prokuraturasi xodimining suhbati sifatida yozib olingan audioyozuv tarqaldi.
U ikki kishining telefondagi suhbati boʻlib, unda shunday gaplar bor.
«- Assalomu alaykum, Komilovman!
- Muhriddin aka?
- Ha.
- Mana bu yerda 3ta opa turibdi-da. Nima qilay?
- Yoʻqot, gaplashildi, yoʻqot!
- Bular ketmayapti.
- Nima deyapti?
- Mana shu yerda hozir viloyat prokurorini ushlaymiz deyapti. Ketinglar desam ham yoʻq deyapti», deyiladi telefon suhbatida.
Ushbu audioyozuv yuzasidan Fargʻona viloyat prokuraturasi rasmiy bayonot berdi. Unga koʻra, audioyozuv viloyat prokuraturasi binosiga biriktirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlarining oʻzaro suhbati qayd qilingan boʻlib, ushbu jarayonda prokuratura xodimlari ishtirok etmagan.
Hozirda Milliy gvardiya Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilmoqda.
Fargʻona viloyat prokuraturasida fuqarolarning qabuli Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida” Qonuni talablari asosida yoʻlga qoʻyilganligi maʼlum qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring