Respublikada 2021-yil hosili uchun 23 ming tonnadan ziyod poliz ekinlari urugʻlari yetishmaydi

18:26 02 Fevral 2021 Iqtisodiyot
1932 0

Bu haqda "Oʻzagroinspeksiya" Axborot xizmati maʼlum qildi.

"Tahlil natijalariga koʻra, respublikaning barcha hududlarida 2021-yilda asosiy maydonlarga 130 ming gektar sabzavot ekinlari ekilishi rejalashtirilgan boʻlib, ushbu maydonlarga ekish uchun 9 ming 573 tonna urugʻlik talab etiladi. Bugungi kunda ushbu urugʻliklarning 9 ming 487 tonnasi mavjud boʻlib, 86 tonna urugʻliklar yetishmasligi maʼlum boʻldi.

Shuningdek, 65,2 ming gektar maydonga poliz ekinlari ekilishi rejalashtirilgan boʻlib, ushbu maydonlarga ekish uchun talab etiladigan 303 tonna urugʻliklarning 48 tonnasi hamda 47,8 ming gektar kartoshka ekiladigan maydonlarga talab etiladigan 144,7 ming tonna urugʻliklarning 23,4 ming tonnasi yetishmasligi aniqlandi.

Bundan tashqari, joriy yilda bogʻ-tok qator oralariga 54,1 ming gektar sabzavot ekinlari ekilishi rejalashtirilgan boʻlib, ushbu maydonlarga ekish uchun 5 ming 22 tonna urugʻlik talab etiladi. Bugungi kunda ushbu urugʻliklarning 5 ming 10 tonnasi mavjud boʻlib, qolgan 12 tonna urugʻliklar yetishmasligi maʼlum boʻldi.

Shuningdek, 6 ming gektar maydonga poliz ekinlari ekilishi rejalashtirilgan boʻlib, ushbu maydonlarga ekish uchun talab etiladigan 31,1 tonna urugʻliklarning 22,4 tonnasi hamda 3,3 ming gektar kartoshka ekiladigan maydonlarga talab etiladigan 9,6 ming tonna urugʻliklarning 1,6 ming tonnasi yetishmasligi aniqlandi.

“Oʻzagroinspeksiya” tomonidan ushbu yetishmaydigan urugʻliklarni, ekish mavsumi boshlangunga qadar fermer xoʻjaliklariga yetkazib berish choralarini koʻrish yuzasidan mahalliy hokimliklarga tegishli tartibda ogohlantirishlar berildi" deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер