DXX tadbirkordan qariyb 4 mln dollar olgan firibgarni ushladi

09:56 21 Yanvar 2021 Jamiyat
764 0

Bugun mamlakatimizda yerdan unumli foydalanish, fermer va tadbirkorlar uchun yetarli sharoitlar yaratish masalasiga katta eʼtibor qaratilyapti. Biroq, ayrim qoʻshtirnoq ichidagi ishbilarmonlar bunday imkoniyatlarni suiisteʼmol qilib, davlat tomonidan ajratilgan yerlarni boshqa birovga noqonuniy sotishga harakat qilishmoqda.

Qibraylik tadbirkorning bogʻdorchilik va chorva mollariga yaylov uchun yer ajratilishini soʻrab, oʻzi yashayotgan tuman hamda Toshkent viloyatining boshqa tumanlari xokimliklariga qilgan murojaatlari kutilgan natijani bermaydi.

Shunda uning muammosidan xabar topgan Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi chorvachilikka ixtisoslashgan “Asiyan Milk Best” masʼuliyati cheklangan jamiyat rahbari “T.Q.” ushbu jamiyatga tegishli Quyichirchiq tumanidagi 360 gektar sugʻoriladigan yerni va hozirda norasmiy foydalanib kelayotgan tuman zaxirasidagi 100 gektar yerni uning nomiga oʻtkazib berishini aytib, evaziga 3 mln. 700 ming AQSH dollari soʻraydi. Shuningdek, bu ishlarni rasmiylashtirib berish uchun Quyichirchiq tumani hokimligidagi mansabdor shaxsga berishini aytib, yana 20 ming AQSH dollari talab qiladi.

DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida “T.Q.” tadbirkordan jami 3 mln. 720 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер