Jizzaxda qulab tushgan bino yuzasidan prokuratura tekshiruv boshladi
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxda yangi qurilgan koʻp qavatli bino qulab tushganligi haqida xabarlar tarqalgan. Holatga Bosh prokuratura Matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, bugun 10-yanvar kuni soat 17-15 larda Jizzax shahrining Zilol mahallasi, Mustaqillik koʻchasida qurilayotgan 6 qavatli bino, yaʼni 1-2 qavatlari savdo doʻkoni, 3-6 qavatlari 11 ta xonadondan iborat boʻlgan binoning 240 kv.m. iborat boʻlgan 7 ta xonadoni qulab tushgan.
Binoning qulashi oqibatida jabrlangan va halok boʻlgan fuqarolar mavjud emas.
Voqea joyiga zudlik bilan Jizzax viloyati prokurori, Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa mutasaddi idoralar rahbarlari hamda tezkor-tergov guruhi aʼzolari yetib borishdi.
Binoning qulash sabablarini aniqlash borasida Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring