Koronavirus surunkali xastalik boʻlib qolishi mumkin — olimlar

22:40 08 Yanvar 2021 Dunyo
1468 0

Koronavirusda surunkali kasallik alomatlari borligini aniqlandi.

Bu Niderlandiya va Belgiya olimlari hamkorlikda oʻtkazilgan tadqiqotda maʼlum boʻldi.

Olib borilgan kuzatishlarda “Covid-19” bilan yengil ogʻrigan koʻplab bemorlarda xastalikdan tuzalgandan bir necha oy oʻtgach asoratlar rivojlangan.

Maʼlum qilinishicha, izlanish davomida, koronavirusni yenggan 1837 ishtirokchilarning 98 foizi xastalikdan tuzalgandan bir necha oy oʻtgach, zaiflik, charchoq, mushaklarda ogʻriq paydo boʻlganligidan shikoyat qilishgan.

Shuningdek, ishtirokchilarning 88 foizga yaqini uyqu bilan bogʻliq, 87 foizi turli ogʻriqlar, yana 88 foizi esa mehnat faolligi pasayganligini maʼlum qilishgan.

86 foiz qatnashchilar esa xastalikka chalinmaslaridan oldin sogʻliqlarida umuman muammolar boʻlmaganligini taʼkidlashgan.

Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, ushbu maʼlumotlar “Covid-19«ni yengil oʻtkazgan bemorlarning reabilitatsiyasi yetarli emasligini koʻrsatadi.

Zero, koronavirusni boshdan oʻtkazganlar olti oy davomida reabilitatsiyadan oʻtishlari kerak. Ammo ayni paytdagi sogʻliqni saqlash tizimidagi bosim tufayli buni amalga oshirish murakkab boʻlmoqda.

Shu sababli olimlar koronavirusdan omon qolgan va toʻliq tuzalmagan, yaʼni uning taʼsirini 12 haftadan koʻproq vaqt davomida boshdan kechirgan odamlar surunkali kasallarga aylanishlari mumkin deb taxmin qilishmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?