Xitoy oʻz tarixida yettinchi bor aholini roʻyxatdan oʻtkazishni boshladi

Bugundan boshlab XXRda aholini roʻyxatdan oʻtkazish boshlandi. Ushbu jarayonlarga 7 mln. ishchi-xodim jalb etilgan boʻlib, u 10-dekabrga qadar davom etadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
Har bir xodim taxminan 250 kishini sanoqdan oʻtkazishi kerak. Aholini roʻyxatga olish Xitoyning materik qismi, shuningdek, Gonkong, Makao va Tayvanni qamrab oladi. Shuningdek, Xitoyning chet eldagi fuqarolari hisobga olinadi. Ayni chogʻda mazkur davlatda doimiy asosda yashovchi xorijliklar ham roʻyxatga olinadi.
Eslatib oʻtamiz, XXRda aholini birinchi roʻyxatga olinishi 1953-yilda boʻlib oʻtgandi. Oʻsha paytda 600 mln. aholi hisoblab chiqilgan. 2010-yilga kelib bu koʻrsatkich 1,37 mlrd.ga yetdi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Respublikamizda 2022-yilda aholini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring