Buvaydalik 125 yoshli Huvaydo momo “Ginnes rekordlari” kitobiga kiritiladimi?!
Buvayda tumanining Qoraqum MFYda yashovchi 125 yoshli Huvaydo momo Umarova uch asrni koʻrgan.
1895-yilda tugʻilgan onaxon 6 nafar farzand tarbiyalab, hozirda 32 nabira, 64 chevara, 60 nafar evaralar ardogʻida umrguzaronlik qilmoqda.
Ayni kunlarda Buvayda tumanida bir asrlik dovondan oshgan yana besh nafar onaxonlar yashaydi. Tabarruk yoshli momolar tom maʼnoda buvaydaliklarning duogoʻyi.
— Hayotsevarlik va doimiy harakat, halol va sidqidildan qilingan mehnatim evaziga uzoq yashayapman, Yaratganga shukr, — deydi Huvaydo momo. — Yaponlarni uzoq yashaydi, deyishadi. Baxtli va uzoq yashash boʻyicha xalqimiz yaponlardan qolishmaydi.
Buvayda tumani oila va mahallani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Izzatillo Enazarovning maʼlum qilishicha, onaxonni “Ginnes rekordlari” kitobiga kiritish boʻyicha kerakli barcha hujjatlar taqdim etilgan.
B. Madiyorov,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring