Hadis ilmi maktabiga yangi oʻquv yili uchun kirish imtihonlari boshlandi

Bugun, 3-sentyabr kuni Toshkent shahridagi “Hazrati Imom” jome masjidi hovlisida Hadis ilmi maktabiga yangi oʻquv yili uchun kirish imtihonlari boshlandi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov ijodiy imtihonlar boshlanishi munosabati bilan yurtimizdagi barcha abituriyentlarga Alloh taboraka va taolodan muvaffaqiyat tiladilar. Shuningdek, muftiy hazratlari Hadis ilmi maktabi abituriyentlariga omad tilar ekan Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy kabi allomayu ajdodlarga munosib voris boʻlishga jiddu jahd qilishga chorladi.
Taʼkidlash joizki, bu yilgi imtihonlarni tashkil qilish va oʻtkazish avvalgi yillardagidan oʻzgacha boʻlmoqda. Abituriyentlar uchun ochiq maydonlarda yetarli oʻrinlar hozirlangan boʻlib, imtihon jarayonlari internet orqali onlayn uzatib borilmoqda. Mazkur ishlar karantin talablariga amal qilish barobarida imtihonlarning haqqoniyligi va shaffofligini toʻla taʼminlaydi.
Shuningdek, olingan bilimlarni sinovdan oʻtkazish onlarida farzandiga dalda boʻlish uchun ota-onalar hamda shu sohaga qiziquvchilar masofadan turib imtihon jarayonini istalgan joydan toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatishlari ham mumkin boʻladi.
Imtihon jarayonlari Youtube va Facebook orqali onlayn efirga uzatilmoqda.
"Eslatib oʻtamiz, Oliy diniy taʼlim muassasalariga qabul imtihonlari uchta fandan ikkita fanga oʻtkazildi, ijodiy imtihonlar qisqartirildi.
Qabul imtihonlarini karantin talablaridan kelib chiqqan holda ochiq maydonlarda oʻtkazish belgilandi.
Hadis ilmi maktabi — 3-sentyabr «Hadis va mustalah al-hadis» (ijodiy imtihon). Imtihon oʻtkazish joyi — Toshkent islom instituti binosi ayvon qismi.
4-sentyabr “Oʻzbekiston tarixi” (test sinovi). Imtihon oʻtkazish joyi — Toshkent islom instituti binosi hovlisi.
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti — 7-sentyabr “Fiqh va aqoid”, “Oʻzbekiston tarixi” fanlari (test sinovi). Imtihon oʻtkazish joyi — Hazrati Imom majmuasi ochiq maydon qismi.
Mir Arab oliy madrasasi — 10-sentyabr “Fiqh va aqoid”, “Oʻzbekiston tarixi” fanlari (test sinovi). Imtihon oʻtkazish joyi — Mir Arab oliy madrasasi binosi ochiq ayvon qismi.
Abituriyentlarni test sinovlari oʻtkaziladigan joyga kiritish ertalab soat 6:00dan 6:30gacha davom etadi. 6:30dan 7:00gacha savollar kitobchalari va javoblar varaqasini tarqatish, javoblar varaqasini toʻldirish tartibi tushuntiriladi.
Test sinovlari ertalab 7:00 dan 9:20 gacha davom etadi, sinovlar boshlangandan keyin kelgan abituriyent imtihonlarga kiritilmaydi.
Abituriyentlar qabul imtihonlariga shaxsini tasdiqlovchi pasporti va imtihonga kirish ruxsatnomasi bilan kelishi talab etiladi. Imtihonga kirish ruxsatnomasini qabul.muslim.uz portali orqali yuklab olish mumkin" deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring