Toshkentda 68 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan M.I. 25-iyundan 14-iyulga qadar Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazida davolangan.
15-iyul kuni unda COVID-19 tasdiqlangan va u oʻta ogʻir holatda Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasining reanimatsiya boʻlimiga yotqizilib, sunʼiy nafas berish apparatiga ulangan.
Bemorga COVID-19 infeksiyasining ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniyaning ogʻir kechishi tashxisi qoʻyilgan. Xastalik oʻtkir respirator distress sindrom, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, oʻpka shishi hamda poliorgan yetishmovchiligi kabi asoratlar bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, infarktdan keyingi kardioskleroz, qandli diabetning ogʻir kechishi kabi hamroh kasalliklar bilan ham ogʻrigan.
Reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemor oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi hamda oʻpka shishidan vafot etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring