R.Kusherbayev: Axir shuncha yil shu xalq hisobidan yallo qilib yashadi, ertaga shu xalq boʻlmasa uning “erka”ligini kim koʻtaradi...

Aytgancha, shu sinovli kunlarda yurtdoshlarimizga yengil boʻlishi uchun barcha qoʻlidan kelguncha dori darmon, tibbiy uskunalar olish uchun oʻz yonidan xayriya qilayotgan yoki beminnat xizmat koʻrsatayotgan bir vaqtda bizni erkatoy monopolimiz «Oʻzavtomotors» yuzi qizarmay, tez yordam uchun ham avtomobillarini otni kallasidek oshirilgan narxida sotishda davom etyapti.
Masalan, Fargʻona viloyati hokimligi viloyat aholisi uchun 20 ta yangi «Damas»larni 75 mln. soʻm atrofida sotib olib, “tez yordam”ga topshiribdi.
Shu «Oʻzavtomotors»ga ham hayronsan. Rossiyaning Ufasida avtomobillari ochiqda qolib chirib yotsa ham oʻz xalqi uchun jilla qursa «Damas»laridan bepul yoki imtiyozlar bilan berish qiyinmi?
“24 yil davomida xalqimiz bilan birgamiz”, deb koʻkragini kerayotgan bu monopol hech boʻlmasa shu ogʻir kunlarda haqiqatan xalqi bilan birga ekanligini isbotlasa boʻlardi.
Axir shuncha yil shu xalq hisobidan yallo qilib yashadi, ertaga shu xalq boʻlmasa uning “erka”ligini kim koʻtaradi, defektlar bilan chiqayotgan, otni kallasidek qimmat mashinalarini kim oladi, albatta, shu xalq oladi. Pulini toʻlab oylab kutadigan Rossiya, Qozogʻiston, Ukraina xalqi emas, shu xalq oladi, shu xalq minadi. Shu kasal boʻlayotgan odamlar boʻlmasa hech kimsan “monopol doʻstim”!
Rasul Kusherbayev,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring